Kurs UZS

USD

12 929.37

-17.7

EUR

13 963.72

-69.61

RUB

152.87

-2.14

Nufuzli turnirda Sindorov 60 ming, Abdusattorov 40 ming dollar pul yutdi (video)

Sport

image

Germaniyaning Vayssenxaus shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli“Freestyle Chess Grand Slam” turniri nihoyasiga yetdi.

Sovrin jamg‘armasi 750 ming AQSH dollarni tashkil qiluvchi turnirda ikki o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi, biroq turnir yakuniga ko‘ra Sindorov 4-o‘rin, Abdusattorov esa 6-o‘rin bilan kifoyalandi.

Musobaqani yuqori notada boshlab, hatto norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsenni taslim etgan Javohir Sindorov yarim finalda amerikalik Fabianu Karuana bilan to‘qnash keldi. Tomonlar o‘rtasidagi 1-partiyada Sindorov, ikkinchi partiyada esa Karuananing qo‘li baland keldi.

Tay-brekda ham tomonlar murosa yo‘lini tanlagach,  Armagedon bahsida Karuana g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.

3-o‘rin uchun bahsda Sindorov yana Magnus Karlsen bilan to‘qnash keldi va bu safar norvegiyalik shaxmatchi Sindorovga imkoniyat bermadi. Shunday qilib, Karlsen  3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 100 ming AQSH dollar pul mukofotiga ega chiqqan bo‘lsa, Sindorov 60 ming AQSH dollar pul yutug‘iga ega bo‘ldi.

Chorak finaldayoq kuchli to‘rtlikka kira olmasligi aniq bo‘lgan Abdusattorov esa 5-o‘rin uchun kurash olib bordi. Nodirbek dastlab fransiyalik Alireizo Firuzjani mag‘lubiyatga uchratib, 5-o‘rin uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 5-o‘rin uchun kechgan bahsda esa o‘zbekistonlik shaxmatchi har ikki partiyada AQSH vakili Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berdi va turnirni 6-o‘rinda yakunlab, 40 ming AQSH dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Mezbon shaxmatchi Vinsent Keymer esa turnir g‘olibi bo‘ldi. Keymer finalda Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratdi va 200 ming AQSH dollarini o‘ziniki qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing