Nozima Davletova Saida Mirziyoyevaning konsultanti bo‘ldi

Jamiyat

image

Nozimaxon Eldorovna Davletova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning shartnoma asosidagi konsultanti – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Davletova 2011 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetinining (JIDU) Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2011−2013 yillarda Sukuba universitetida Xalqaro munosabatlar mutaxassisligi buyicha magistraturada ta’lim olgan. 2015 yildan JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, Nozimaxon Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori va Vasiylik kengashi raisi lavozimlarida ham ishlagan. 2023 yil dekabrda Davletova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Nozima Davletova konsul'tant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing