Noyer Germaniya MTJga qaytishga tayyor, lekin bir sharti bor 

Sport

image

Nemis darvozaboni Manuel Noyer bir shart bilan Germaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Noyer MTJ bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan shaxsan suhbatlashsagina jamoa safiga qaytmoqchi.

Murabbiy birinchi qadamni qo‘yib, 39 yoshli futbolchiga unga ehtiyoj borligini va unga ishonch bildirilayotganini aniq tushuntirishi zarur.

Ta’kidlanishicha, Nagelsmann va Noyer o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas va hech qachon a’lo darajada bo‘lmagan. Ular hech qachon yaqin muloqotda bo‘lishmagan va faqat kasbiy maqsadlardagina suhbat olib borishgan.

Ma’lumot uchun, Noyer 2024 yilning yozida terma jamoani tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Yevropa Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi darvozabon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya MTJ Manuel' Noyer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing