Noyob jarrohlik amaliyoti ilk bor O‘zbekistonda. Endi oq dog‘larga to‘xta deng!
Biznes
−
14 Sentabr 2019
6466O‘zbekiston Respublikasining dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash borasida oldinda turgan dolzarb masalalar qatoriga teri va tanosil kasalliklarini tekshirish va davolash standartlarini ishlab chiqish, barcha bosqichlarda ularni tadbiq etish va mustahkamlash, kompyuterlashtirish, dispanserlash va boshkalar kiradi. Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham davlat yig‘ilishlarida ta’kidlab o‘tilgan. Shuning asosida 2017 yil 31 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bunga asosan barcha dermatovenerologiya xizmati tashkilotlari yuqori texnologiyali asboblar bilan ta’minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil qilinmoqda, amaliyotga esa ilmning yangi yutuqlari tadbiq etilmoqda. Buning natijasida O‘zbekistonda MDH davlatlari orasida ilk bor xalq tilida oq dog‘ deb ataladigan vilitiligo kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash yo‘lga qo‘yildi.
Yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor natijasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar, malaka almashish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Birgina misol, har yili dermotovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qilish uchun an’anaviy o‘zkazib kelinadigan Xalqaro anjuman 6-7 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ruminiya, AQSH, Italiya va jahonning boshqa mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar tashrif buyurishdi. Qatnashchilar bugungi kundagi dermotovenerologiya va tibbiy kosemetologiya soxasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklarni muhokama qilishdi. Yilda bir marotaba o‘tkaziladigan bunday anjumanlar tibbiyot rivojida juda muhim hisoblanadi. Shuningdek, anjumanda Farmasevtik va kosmetologik kompaniyalar, test-tizimi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek tibbiy va laboratoriya jihozlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Aslida kasallikning yaxshisi bo‘lmaydi, ularning barchasi noxushlik olib keladi. Vitiligo xastaligi esa dilni xira qiluvchi kasalliklar safiga kiradi. Xalq tilida “oq dog‘” nomi bilan tarqalgan ushbu kasallik necha yillardan beri insonlarni qiynaydi. Kasallikni davolovchi usullar juda ko‘p, xalq tabobatida ham, tibbiyotda ham ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Ammo, bu injiq hastalikni birdaniga tuzatib yuborish qiyin. Bunday davolanish usulidan biri malakali jarrohlik amaliyotidir va u faqatgina jahonning boshqa rivojlangan mamlakatlarida amalga oshirilar edi. Endi esa bu o‘tmishga aylandi. Davlatimiz rahbarining aholining salomatligi, sog‘lom turmush tarziga ko‘rsatayotgan katta e’tibori o‘laroq bunday jarrohlik amaliyotini endi O‘zbekistonda ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Bu jarrohlik usuli – sog‘lom teridan melanotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘lib, oq dog‘larni choksiz usulda davolashdir.
Bundan tashqari Prezidentimiz topshirig‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Dermonevrologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AQSHning Candella kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Picoway va Vbeam Perfecta kabi lazer texnologiyalari yordamida teridagi boshka turdagi dog‘ va nuksonlarni butunlay bartaraf etish imkoni paydo bo‘ldi.
268 ming AQSH dollariga keltirilgan bu lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida keng foydalaniladigan eng kuchli va sifatlisi hisoblanadi. Keltirilgan zamonaviy tibbiy anjomlar yordamida yuzdagi va teridagi turli nuqsonlar, kasalliklardan osongina xalos bo‘lish mumkin.
Endi hech qanday choksiz, og‘riqlarsiz lazer texnologiyalar orqali kasallikdan qutulish imkoni bor. Bunday yangilik nafaqat sog‘liqni saqlash sohasida katta yutuq balki turizm sohasi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shadi. Avvallari bemorlar rivojlangan Yevropa mamlakatlariga borib bunday jarrohlik amaliyotini o‘tab qaytgan bo‘lsa, MDH mamlakatlari aholisi endi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bunday harakatlar, albatta, O‘zbekiston imijini xalqaro miqyosda yanada yuksaltiradi.
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, Toshkent 100102
Ma’lumot uchun: +99893 0010085
+99890 9352025
+99894 6374043
Facebook: https://www.facebook.com/dermatology.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/dermatology.uz/
Sayt: dermotology.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi