MDHda yagona! O‘zbekistonda teri kasalliklari va yuzdagi nuqsonlarni lazer bilan ketkazish imkoni paydo bo‘ldi

Biznes

image

O‘zbekistondagi Respublika ixtisoslashtirilgan Dermonevrologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi MDH davlatlari orasida ilk bor vilitiligo (teridagi oq dog‘lar) kasalligini jarrohlik usuli bilan  davolashni yo‘lga qo‘ydi. 

Bu jarroxlik usuli - sog‘lom teridan melanotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘lib, oq dog‘larni choksiz usulda davolashdir.
  

O‘zbekiston Respublikasining dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash borasida oldinda turgan dolzarb masalalar qatoriga teri va tanosil kasalliklarini tekshirish va davolash standartini ishlab chiqish, barcha bosqichlarda ularni mustahkamlash, kompyuterlashtirish, dispanserlash kiradi. Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham davlat yig‘ilishlarida bir necha bor ta’kidlab o‘tilgan. 

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 iyulda “O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasiga qaratayotgan katta e’tibori tufayli so‘nggi yillarda soha rivojida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 

O‘zbekistondagi Respublika ixtisoslashtirilgan Dermonevrologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Endi oq dog‘larga yo‘q deng! 

Respublikamizda bugungi kunga kelib 1000 dan ortiq dermatovenerologlar aholiga turli yo‘nalishdagi ambulator va statsionar xizmatni faol ko‘rsatib kelmoqda.  Prezidentimiz topshirig‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Dermonevrologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AQSHning Candella kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Picoway va VbeamPerfecta kabi lazer texnologiyalari yordamida teridagi  turli dog‘larni butunlay bartaraf etish imkoni paydo bo‘ldi. 

Eng zamonaviy va kuchlisi bizda!

268 ming AQSH dollariga keltirilgan bu lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida keng foydalaniladigan eng kuchli va sifatlisi hisoblanadi. Ushbu zamonaviy texnikalar yordamida teridagi turli nuqsonlar – oq dog‘lar, yuzdagi xollarni lazer yordamida og‘riqsiz va choksiz davolanadi. 

Bunday jarrohlik amaliyoti MDH davlatlari orasida ilk bor aynan O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yildi. Bu ham sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning natijasidir. 


Endi chet elga borib davolanishga hojat yo‘q, chet eldan bizga kelishadi

Avvallari bemorlar boshqa mamlakatlarga borib davolanib qaytishgan bo‘lsa, endi bunga hojat yo‘q. Endilikda bemorlar ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, yurtimizda davolanishlari mumkin. Shuningdek, teri-tanosil kasalligiga chalingan bemorlar qo‘shni mamlakatlardan ham tashrif buyurishlari mumkin. Bugungacha ham Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izistondan keluvchi bemorlar soni ortib bormoqda. Ushbu yangilikdan keyin bu ko‘rsatkich yanada ko‘tarilishiga ishonamiz va bunday o‘zgarishlar nafaqat tibbiyot sohasiga ulkan hissa qo‘shadi, balki yurtimiz turizmi va davlatimizning xalqaro miqyosidagi obro‘sini yanada ko‘taradi. 

Ma’lumot uchun
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, Toshkent 100102.
Telefonlar: +99893 0010085, +99890 9352025, +99894 6374043.
Sayt: dermotology.uz

Reklama huquqi asosida 

 


Maqola muallifi

Teglar

oq dog'lar

Baholaganlar

370

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing