Noyob, qulay, aqlli!

Biznes

image

Bugun poytaxtimizda istalgan did va iste’molchilarning moliyaviy sharoitiga mos tarzda ko‘plab turdagi turar joy majmualari qurilmoqda. Aytingchi, Toshkent shahridagi yangi turar joy majmualarining nechtasi nafaqat yashovchilar uchun yaratilgan shinam sharoitlar, balki hali boshqa joyda uchramagan qulayliklar, “aqlli” boshqarish tizimi, takrorlanmas arxitektura dizayni va tasavvurga sig‘dirish mumkin bo‘lgan eng zo‘r joylashgan hudud bilan maqtana oladi!?

Marhamat kutib oling, NRG dan noyob loyiha - U Tower!

Intizorlik bilan kutilayotgan ko‘p funksiyali U Tower – hashamatli ko‘chmas mulkning eng noyob namunasi bo‘lib, eng nozik didli iste’molchini hayratlantira oladigan biznes klassga mansub nodir loyihadir. Zamonaviy va ko‘rkam ko‘rinishga ega arxitektura dizayni oila a’zolarining barchasi uchun farovon va baxtli hayot kechirish imkonini beruvchi jamiki zarur sharoitlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 

U Tower joylashuvining o‘zigina, NRG kompaniyasiga nafaqat o‘ta mas’uliyatli vazifani yuklabgina qolmay, balki U-Tower yashovchilariga misli ko‘rilmagan qo‘layliklarni ta’minlab, shaharni takrorlanmas, noyob memorchilik durdonasi bilan bezatishdan tashqari hech qanday boshqa tanlov qoldirmaydi.

U-Tower dizayn loyihasini ishlab chiqishdagi tanlovda dunyoning nomdor me’morchilik kompaniyalari jalb etilgan: Zaha Hadid, DP Architects Pte. Ltd., Benoy, INK Architects va boshqalar. Shuningdek, Murad Buildings va BI Group`ning sohadagi boy bilim va tajribasi NRG kompaniyasi tomonidan foydalanilib, fasad yechimini ishlab chiqishda mamlakat iqlimining o‘ziga xos jihatlari, mintaqaning seysmik xususiyatlarini hisobga olib bino konstruksiyasini loyihalashtirilganda mustahkamlik va chidamlilikka alohida e’tibor berilgan.

Bino shaklining konturi lotin alifbosinining “U” harfiga o‘xshaydi. Bino shaklini ko‘plab narsalarga qiyoslasa bo‘ladi albatta, ammo binoning antiqaligi, undagi qo‘laylik va mustahkalikni qadrlovchi insonlarni birlashtira oladigan deb hisbolasak, u holda “U” harfi inglizcha "United" so‘zi sifatida ham talqin qilinishi mumkin.

U Tower`ning o‘ziga xos va takrorlanmas ko‘rinishini ta’minlovchi shakl va me’moriy yechimlar zamonaviylik va an’analarni o‘zida uyg‘unlashtiradi. Binoning pastki qismlarida ko‘pincha milliy bezaklarda tasvirlangan arkali dekorativ elementlardan foydalaniladi. Shakl va funksiya birlashgan holda binoga alohida shukuhni baxshida etadi. U Tower taqdim etadigan ichki qo‘layliklar va uning tashqi ko‘rinishiga birinchi marta nazar tashlagan inson avvalo undan o‘zgacha narsalarni kutib turadi. Va bu yerda o‘ziga xos noyobliklar talaygina...

Birgina 26-qavatdagi yashovchilar uchun tepadan turib shaharni kuzatish maydonchasini yana qayerda uchratish mumkin. Bu kuzatish maydonchasi siz va yaqinlaringizga nafaqat go‘zal quyosh chiqish va botishlarini majmua hududini tark etmasdan bahramand bo‘lish, balki kunning yorug‘ va bulutsiz kunlarida Chimyon tog‘larining qorli cho‘qqilarini va milliy bayramlar paytida Xalqlar do‘stligi maydonidan uzoq bo‘lmagan joyda otiladigan salyutlarni maroq bilan tomosha qilish imkoniyatini ham beradi. 

U Tower`da ishlatilgan raqamli texnologiyalar va innovatsion xizmatlar alohida e’tiborga loyiqdir: Smart Home va Smart Remont va g‘ayrioddiy taklif – City House joriy etilgan.

Smart Home – bu uyni masofadan turib telefon orqali boshqarishga imkon beruvchi aqlli tizimdir. 

Smart Remont, bu bamisoli “barmoq uchida remont” deb atalmish yangi qulaylik. Bu dastur orqali xonadon planirovkasi, dizayni, devor ranglari, remont va ta’mirlashga tegishli bo‘lgan barcha xom-ashyolar va ishlarni tanlash va nazorat qilish imkoni mavjud. Tizim bir vaqtning o‘zida hamma ishlatiladigan mahsulot va remont xizmatlari bilan bog‘liq narxlarini (smeta) chiqarib beradi. Bunday holatda, kvartira remonti quruvchi kompaniyasi zimmasiga yuklanadi va u tomonidan barcha ta’mirlash ishlari puxta nazorat qilinadi. Mijozlar esa shunchaki masofadan turib barcha ta’mirlash jarayonlarini dastur orqali kuzatishlari mumkin. Kompaniyaning qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi tufayli mijozlar uchun ta’mirga ishlatiladigan mahsulot va xizmatlar narxlari bozor yoki “ko‘chaning” narxidan arzon bo‘ladi.

*Smart Home va Smart Remont opsiyalarini alohida to‘lov evaziga buyurtma berilishi mumin.

City House – bu o‘z hovlisiga ega bo‘lgan xonadon. Hovli ixlosmandlari uchun – mehmonxonadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar manzarasiga qarab turgan o‘z hovlingizning kichik bog‘iga chiqishingiz mumkin. Faqatgina cheklangan miqdordagi xonadonlarda City House imkoniyati mavjud.

Majmuada istiqomat qiluvchi oilalarning shinam va kommunal masalalardan holi yashashini ta’minlab beruvchi NRG Clients xizmat ko‘rsatish kompaniyasi faoliyat yuritadi. NRG Clients  hududda tozalik va tartib, g‘amxo‘rlik ila umumiy mulkni boshqarish va yashovchilarning g‘amsiz hayot kechirishlari uchun o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini ishga soladi.

U Tower shubhasiz butun O‘zbekistonda o‘ziga xos o‘rinni egallovchi aqlli va qulay sharoitlarga ega shaharsozlik san’at asari bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Binoning ajoyib shakli o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan boshqalardan ajralib turishi va zamonaviy o‘zbek jamiyatining uzluksiz muvaffaqiyatli rivojlanishining ramziy belgisiga aylanishiga ishonamiz.

Tanlaganda, eng zo‘rini tanlang!

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing