Noyabrda qaysi hudud oila qurishda yetakchi bo‘ldi?

Jamiyat

image

Joriy yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 34 735 ta nikoh holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan.

Noyabr oyida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (4196 ta) tuzilgan bo‘lsa, eng kami esa Navoiy viloyatida (712 ta) qayd etilgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1357 ta   

Andijon viloyati – 3396 ta 

Buxoro viloyati – 1776 ta 

Jizzax viloyati – 1463 ta  

Qashqadaryo viloyati – 4188 ta

Navoiy viloyati – 712 ta   

Namangan viloyati – 2986 ta  

Samarqand viloyati – 4196 ta 

Surxondaryo viloyati – 3593 ta 

Sirdaryo viloyati – 874 ta

Toshkent viloyati – 2360 ta 

Farg‘ona viloyati – 3864 ta   

Xorazm viloyati – 1875 ta 

Toshkent shahri – 2095 ta


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing