Noyabr oyida qaysi viloyatda tug‘ilish ko‘p qayd etildi?

Jamiyat

image

Joriy yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83197 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga ko‘p.  
Ma’lum bo‘lishicha, respublika bo‘yicha noyabr oyida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lsa, eng kami Sirdaryo viloyatida bo‘lgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni: 
 
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 069 ta   
•  Andijon viloyati – 7602 ta  
•  Buxoro viloyati – 4 052 ta  
•  Jizzax viloyati – 3 485 ta   
•  Qashqadaryo viloyati – 8 847 ta 
•  Navoiy viloyati – 2 230 ta   
•  Namangan viloyati – 7 489 ta   
•  Samarqand viloyati – 9 829 ta  
•  Surxondaryo viloyati – 7 658 ta  
•  Sirdaryo viloyati – 1 962 ta 
•  Toshkent viloyati – 6 182 ta  
•  Farg‘ona viloyati – 9 154 ta   
•  Xorazm viloyati – 4 614 ta  
•  Toshkent shahri – 6 024 ta


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing