Noyabr oyi boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq natijasida O‘zbekistonda keskin sovuq tushdi. Bugundan boshlab esa mamlakatimiz hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Bu haqida “Uzgidromet” Matbuot xizmati xabar beradi. 

Respublika bo‘yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o‘rtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko‘tariladi. 

Dam olish kunlari respublikamizga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog‘li va baland tog‘li hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja bo‘lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing