Novosibirskda o‘zbekistonlik erkak yurtdoshini o‘ldirib, bo‘laklab tashladi (video)
3-sahifa
−
20 Sentabr
15590Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari kecha, 19 sentyabr kuni Novosibirskda sodir etilgan qotillikni fosh etdi. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasining viloyat Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergovga jalb qilingan shaxs 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u o‘z yurtdoshining hayotiga zomin bo‘lgan. 19 sentyabrga o‘tar kechasi u sherigi bilan spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng, ikkovlon janjallashib, ayblanuvchi tanishini urib o‘ldirgan.
“Jinoyat izlarini yashirish maqsadida erkak 44 yoshli jabrlanuvchining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uning qismlarini qoplarga solib, suv ombori yaqinidagi kimsasiz joyga olib keta boshlagan”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, u qo‘lga olinib, qotillikda ayblangan va sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi o‘rmondan o‘zbekistonlik migrantning qoldiqlari topilgan edi.
LiveBarchasi