Novosibirskda eng ko‘p o‘zbekistonlik migrantlar ishlayapti

Olam

image

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yashayotgan migrantlarning 73 foizini o‘zbekistonliklar tashkil etadi. Bu haqda Migratsiya masalalari bo‘yicha Novosibirsk boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Lyudmila Fomenko 20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Bildirilishicha, viloyatga eng ko‘p miqdorda muhojirlar O‘zbekistondan borgan. Ikkinchi o‘rinda esa Tojikiston fuqarolari turadi – ularning soni 36 ming kishiga yetgan bo‘lib, bu viloyatdagi umumiy chet elliklar sonining 28 foizini tashkil qiladi. Eng kam miqdordagi muhojirlar esa Qozog‘istondan borgan.

Shuningdek, Novosibirsk viloyatida Rossiya fuqaroligini olish holatlari ham ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 ming nafar tojikistonlik, 17 ming nafar qirg‘izistonlik va 14 ming nafar qozog‘istonlik fuqarolar Rossiya pasportini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu viloyat ayniqsa o‘zbekistonliklar uchun jozibador hisoblanadi. Sababi, u yerda mavsumiy ishlar – xususan, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida ish topish imkoniyatlari ko‘p. Ish sharoitlari nisbatan qulay va maoshlar boshqa hududlarga nisbatan yaxshi bo‘lgani uchun bu yer mehnat muhojirlari uchun qulay. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 2024 yilning 1 dekabridan buyon Rossiyaga soxta hujjatlar bilan kirishga uringan va kirishi cheklangan taxminan 30 ming xorijiy fuqaro aniqlangani haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Novosibirsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing