Novak Yevropaga berilgan gaz va neftni Osiyoga yo‘naltirilgani bilan maqtandi
Olam
−
27 aprel 2023
10496Rossiya Yevropaga ilgari yetkazib berilgan neftning qariyb 20 foizini, gazning esa bir qismini Osiyo bozorlariga yo‘naltirdi. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak “Bilim. Birinchi” marafonida aytib o‘tdi.
“Avval Yevropaga yuborilgan energiya resurslari asosan yangi bozorlarga yo‘naltirildi. Agar neft haqida gapiradigan bo‘lsak, ehtimol biz Yevropaga ilgari yetkazib berilgan hajmlarning taxminan 20 foizini boshqa bozorlarga – Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga yo‘naltirganmiz. Agar gaz haqida gapiradigan bo‘lsak, biz Yevropa Ittifoqiga yetkazib berish hajmini uchdan biriga qisqartirdik va uning bir qismini Osiyoga ham yo‘naltirdik. Jumladan, Xitoyga gaz yetkazib berish o‘tgan yili “Sibir qudrati” gaz quvuri orqali qariyb 50 foizga oshdi”, deydi Novak.
Uning urg‘ulashicha, o‘tgan yilning bahorida energetika sanoatiga qarshi sanksiyalar fonida Rossiya bir yarim oy ichida yangi ta’minot zanjirlarini o‘rnatishga va yangi shartnomalar tuzishga erishgan.
“Asosan, gap Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, O‘rta va Markaziy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kabi bozorlar haqida bormoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh vazir o‘rinbosari.
LiveBarchasi