Nosozlik sababli poytaxt va Toshkent viloyatining ayrim hududlari “svet“siz qoldi
Jamiyat
−
25 iyul 2023
4277Bugun, 25 iyul kuni soat 9:27 da Toshkent shahridagi 110 kV L-K-D elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Toshkent shahrining Sergeli hamda Yangihayot tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Energetika vazirligi keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 25 iyul kuni poytaxtning Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi ayrim MFYlar elektr ta’minoti vaqtinchalik uzilgan edi.
LiveBarchasi