Nosir al-Xelayfi PSJ – “Real” o‘yini hakamlariga tajovuz qildi

Sport

image

“Real Madrid” – PSJ (3-1)  uchrashuvi bosh hakami Denni Makkeli bahs haqidagi  hisobotida parijliklar rahbariyatining tajovuzkor xatti-harakatlarini qayd etdi.

Hakam uchrashuv yakunlangach, Parij klubi rahbariyati ustidan Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) shikoyat xati yozgan.

Bunga ko‘ra, PSJ rasimiylari hakamlar o‘tirgan xonaga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Parij jamoasi rahbari Nosir al-Xelayfi  esa hakamlardan birining bayrog‘oni urib sindirgan.

“Prezident (Nosir al-Xelayfi) va PSJ texnik direktori (Leonardo) tajovuzkor kayfiyat namoyish qilib, hakamlar xonasiga kirishga harakat qildi. Bosh hakam ulardan ketishni so‘ragach, PSJ rahbarlari eshikni to‘sib qo‘yishdi. Prezident esa yordamchilardan birining bayrog‘ini urib sindirdi”, deyilgan Denni Makkelining UEFA’ga yuborgan shikoyat xatida.

Ma’lumot o‘rnida, 9 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida, PSJ “Real Madrid” maydoniga safar qilib, 1-3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va chorak final yo‘llanmasini qo‘ldan boy berdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Nosir al-Xelayfi “Real Madrid”

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing