Norvegiya Ukrainaga 100 million dollar ajratdi

Olam

image

Norvegiya Ukraina hukumatiga mamlakat energetika tizimini tiklash uchun 100 million dollar ajratdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

"Bugungi kunning kaliti bu — energiya. Odessa viloyatida vaziyat juda qiyin. Eron uchuvchisiz uchoqlarining tungi zarbasidan so‘ng Odessa va mintaqaning boshqa shahar va qishloqlari qorong‘ulikka kirgan. Hozirgacha Odessada 1,5 milliondan ortiq odam elektr energiyasiz qolgan", deydi Zelenskiy.

Uning qayd etishicha, Norvegiyadan Ukraina energetika tizimini tiklash uchun maxsus 100 million dollar miqdorida yangi qo‘llab-quvvatlash paketi kelgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiya Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va siyosiy ko‘mak, gumanitar yordam ko‘rsatadi va gaz sotib olishga yordam beradi.

Norvegiya hukumati avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarini tayyorlash uchun 150 million kron (taxminan 15 million dollar) ajratgan edi. 

Bundan tashqari, Norvegiya Mudofaa vazirligi 2023 yilda ukrainalik askarlarning harbiy tayyorgarligi bo‘yicha instruktorlar sonini ikki baravarga — 75 tadan 150 tagacha oshirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing