Norvegiya mundial uchun tarkibini e’lon qildi

Sport

image
Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi (NFF) matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxatdan jami 26 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ular orasida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand, Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi va sardori Martin Edegor, shuningdek, “Atletiko Madrid” hujumchisi Aleksandr Syorlot ham bor.

May oyida FIFA Norvegiya fuqaroligini olgan darvozabon Nikita Xaykinga Norvegiya terma jamoasida o‘ynash huquqini bermagan edi. Bunga uning 2023 yilda “Bristol Siti”ga ijaraga berilgani sababli 5 yillik uzluksiz yashash talabini buzgani asos qilib ko‘rsatilgan.

2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa tarixda birinchi marta uchta davlatda — AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. Erling Holand yetakchiligidagi Norvegiya terma jamoasi “I” guruhda Fransiya, Iroq va Senegal terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Ularning mundialdagi dastlabki uchrashuvini joriy yilning 17 iyul kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Norvegiya Erling Holand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing