Norozi abituriyentlar, yiqilganlarga oltinchi tanlov va Milliy sertifikat mashmashasi – vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
15:33 1457 3 daqiqa
Yaqinda chiqqan mandat natijalari ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Abituriyentlar orasida maksimal 189 ballni to‘plab ham “kontrakt”ga kirganganlar bor. Endi ular nima qiladi? Kirish ballari nega ko‘tarilib ketdi? 5 ta yo‘nalishdan birortasiga ham kirolmaganlar uchun yana bir imkoniyat: 6-yo‘nalish ochilishi mumkin. Qachondan? Bu yil 233 mingdan ortiq abituriyent minimum hisoblangan 56,7 ballni ham to‘play olmadi. Biroq mutaxassislar bu ko‘rsatkichni yaxshi deb baholamoqda. Endi, yotoqxonalarga joylashtirishda tanish-bilishchilik ketmaydi. Xonalar sun’iy intelekt orqali taqsimlanishi mumkin. Ba’zi abituriyentlar imtixon savollaridan yana norozi. Imtixon savollari qanchalik to‘g‘ri tuzilgan? Shu va boshqa savollarga kecha, 18 avgust kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob berildi.
“O‘tgan yildan boshlab OTMlarga super-kontrakt miqdorini mustaqil belgilash vakolati berilgan. Kirish baliga 1–4 ball yetmagan abituriyentlar uchun mos ravishda 1,5 baravardan 3 baravargacha super-kontrakt to‘lash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, 6-yo‘nalish bo‘yicha keyingi haftadan qo‘shimcha tanlov ochiladi. Bunda OTMlarda qolgan vakant o‘rinlarga kira olmagan abituriyentlarga yana 6-yo‘nalishni tanlash imkoniyati beriladi”, deydi Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, bu yil oliygohga qabul kvotalari oshirilidi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 6 392 taga ko‘p. Shu bilan birga, o‘tish balli sezilarli darajada yuqorilab ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda maksimal ball to‘plagan ayrim abituriyentlar ham kontrakt asosida talabalikka qabul qilingani yuzasidan e’tirozlar bildirildi.
Ba’zi abituriyentlarga esa talabalar safiga kirish uchun 4–5 ball yetmadi. Xo‘sh ular falon summali super-kontrakt to‘laydimi? Bu masala ham vazirlik tomonidan ochiqlandi.
Matbuot anjumanida 5 ta yo‘nalishning birortasiga kirolmagan abituriyentlarga yana bir imkoniyat sifatida 6-yo‘nalishga qabul kelasi haftadan ochilishi ta’kidlandi.
Anjuman davomida har yili turli muxokamalarga sabab bo‘luvchi yotoqxona masalasi ko‘tarildi.
OAV vakillariga talabalar turar joyining sifatidan tortib, yangi taqsimot tizimigacha ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, huquq yo‘nalishidagi imtixon savollarining tuzilishi yuzasidan kelib chiqqan noroziliklarga vazirlik izoh berdi.
Anjumanda, faqatgina oliygohga kirish masalasi emas, balki bitiruvchilarning mehnat bozoridagi sifat darajasi qanday baholanishi ma’lum qilindi.
2025 yil 28 noyabrdan Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiyadan IIV tizimiga o‘tkazilgandi. Shu munosabat bilan Qo‘riqlash departamenti xodimlarining farzandlariga OTMga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar beriladi? Ularga ham IIV xodimlarining farzandlari uchun belgilangan 5 foizlik qo‘shimcha kvota tatbiq etiladimi? Jurnalistlar tomonidan berilgan shu kabi savollarga vazirlik vakillari javob berdi.
Xabaringiz bor, bu yilidan SAT imtihonida 1200 va undan yuqori ball olgan abituriyentlarni belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etilgan. Biroq butun dunyoda tan olinadigan SAT xalqaro imtihonida 1200 ball grant asosida o‘qishga kirish uchun qanchalik yetarli mezon? degan savol ham o‘rtaga tashlandi.
Live
Barchasi