Norov dunyodagi urushlarga nisbatan O‘zbekistonning pozitsiyasini ochiqladi

Jamiyat

image

Mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov "Yangi O‘zbekiston – o‘zgaruvchan va o‘zaro bog‘liq dunyoda ishonchli hamkor" mavzusidagi davra suhbatidagi nutqida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi siyosat idorasi rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda pragmatik va konstruktiv diplomatiya g‘oyat muhim ahamiyatga egaligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.  

“O‘zbekiston mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi,  degan fikrga qat’iy amal qiladi.  Oqilona murosaga asoslangan diplomatiyagina barcha tomonlarning manfaatlariga teng va ziddiyatsiz javob beradi”, deydi Norov.

Norov Prezident Shavkat Mirziyoyevning samarali xalqaro hamkorlik dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omili ekani haqidagi gaplariga murojaat qilib aytishicha, bu davr muammolarini hal qilish, favqulodda inqirozli vaziyatlarni hal qilishning eng aniq, maqbul va samarali yo‘lidir. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing