Norov chegara masalasida Qirg‘iziston bilan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan chegara masalasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ular Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish, ularni siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilgan, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar quyidagi hujjatlarga imzo chekkan:

  • Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi Bitim;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Kampirobod suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitim;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi va Markaziy Osiyo xalqaro instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
  • Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi.
  • Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari tomonidan qo‘shma bayonot qabul qilingan.

Keyinroq Vladimir Norov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing