Norin trendda. Birinchi xonim kuyovi bilan taom tayyorlayotgani surati kun tartibiga chiqdi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva norin tayyorlayotgani aks etgan suratni e’lon qildi. U suratni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

“Men uchun eng yaxshi dam olish kuni – bu oilam bilan bo‘lgan vaqtim. Biz tez-tez uchrasha olmaymiz, lekin jadvallar va rejalar birlashganda, bu har doimo o‘zgacha lahzalardir. Bu iliqlik haqida. Bugun biz norin pishirdik. Onam va men birga ovqat pishirishni yaxshi ko‘ramiz, bugun esa oshxonada kengaytirilgan guruhdamiz! Bu jarayonda Raniya ham dadasiga yordam bermoqda. Menimcha, ko‘proq halaqit berayotganga o‘xshaydi. Lekin men aralashmayman”, deydi Prezidentning qizi.

Suratda Ziroat Mirziyoyevaga uning kuyovi Otabek Umarov yordam berayotgani aks etgan.

“Uy va shinamlik ifori bilan to‘lgan milliy taomlarimiz - har doim eng yaqinlarimiz bilan baham ko‘rgan iliq oqshomlarimiz bilan bog‘liq”, deydi kenja Mirziyoyeva.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu surat trendga chiqdi, norin asosiy mavzuga aylandi. Bundan oldindan ham Prezident Mirziyoyevning qizlari dadasi o‘choqda osh pishirayotgani va onasi kulchatoy tayyorlayotgani aks etgan suratlarni tarmoqqa joylashtirgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1022

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing