Norin daryosi orqali olib kirmoqchi edi, o‘xshamadi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
4673Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro A.A qo‘shni mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda Norin daryosi orqali rezina qayiq yordamida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 70 million so‘mlik 234 dona bioqo‘shimcha mahsulotlarini olib o‘tayotganda to‘xtatib qolindi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Umuman,olganda so‘nggi vaqtlarda bojxonani aylanib o‘tish orqali O‘zbekistonga sifatsiz tovarlar olib kirishga bo‘lgan urinishlar ko‘payib bormoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston hududiga “Jack Daniel’s” brendi yorlig‘i yopishtirilgan sifatsiz viskilarni olib kirayotgan shaxslar qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi