Norboyeva Turkmanistonning yosh Prezidenti bilan uchrashdi
Olam
−
13 may 2022 7120 1 daqiqa
Shu kunlarda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi ayollari muloqoti majlisida qatnashish uchun Ashxobod shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning muntazam ish olib borishini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan.
“Tomonlar ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirish zarurligiga kelishib oldi”, deyiladi Senat Matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, bu yo‘nalishda ikki mamlakat aholisi uchun zarur qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirish masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Tanzila Norboyeva Ashxobodda Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashdi.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 million 362 ming 52 kishi ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi barcha byulletenlarni sanab chiqqach, 72,97 foiz ovoz olgan Demokratik partiyadan nomzod Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Kichik Berdimuhamedov joriy yilning 19 mart kuni rasman yangi lavozimda ish boshladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025