Norboyeva: “Ayoliga zo‘ravonlik qilayotganlarga ko‘rilayotgan choralar yetarli emas”

Jamiyat

image

Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni 21-yalpi majlis davomida Senat raisi Tanzila Norboyeva ta’kidladi

Majlisda Senat raisi ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari faol ish olib borayotganidan so‘z ochgan. 

“Hozir joylarda nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari ham faol ish olib borayotgani haqida fikr bildirdi.

NNT tomonidan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari xalqaro standartlar asosida ish olib boryapti. Biz xotin-qizlarga ijtimoiy yordam berishda ularning tajribasidan ham foydalanishimiz kerak. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda kadrlar salohiyati masalasi ham muhim. Kimlar ayollarni reabilitatsiya qilyapti? Kimlar ayollarga psixoligik, ijtimoiy-huquqiy yordam beryapti? Bu borada ham yetarlicha muammolar bor”, deydi Norboyeva.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda yordamga muhtoj ayollarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya orderi berilyapti. Biroq, ayol bir oydan so‘ng yana zo‘ravon er bilan hayotni davom ettirishga majbur bo‘ladi.     

“Bundan tashqari, bugungi kunda yordamga muhtoj ayollarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya orderi berilyapti. Lekin o‘sha ayoli bir oydan so‘ng, yana zo‘ravon eri bilan hayotini davom ettiradi. Yana boshqattan avvalgi salbiy holatlar boshlanadi.

Shuning uchun biz birinchi navbatda bu toifadagi ayollarni to‘liq normal hayotga qaytarish choralarini ko‘rishimiz kerak. Ularni “Ayollar daftari”ga kiritib, uy-joy masalasi, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash chorasini ko‘rish lozim. Bu ham inson huquqi, ayol huquqi. Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas. Garchand ular  qonunchiligimizda belgilangan bo‘lishiga qaramay. Shunday bo‘lsa ham bu bo‘yicha ishlarni tizimli nazoratga olish kerak”, deydi Senat raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing