Noqulay ob-havo tufayli ikki aeroport faoliyati vaqtincha cheklandi

Jamiyat

image

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Toshkent” va “Andijon” xalqaro aeroportlari faoliyati cheklandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Toshkent aeroportida quyuq tuman sababli ko‘rish masofasining pastligi  “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9614 (Moskva-Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilishiga sabab bo‘ldi.

HY336 (Jidda-Toshkent) reysi esa Navoiy xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan. Ob-havo yaxshilangach, bort yo‘lovchilar bilan poytaxt aeroportiga uchib kelgan.

“Andijon” aeroporti ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopildi. HY091 (Toshkent-Andijon) va HY049 (Andijon-Samarqand) reyslari Farg‘ona aeroportidan o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. “Andijon” aeroporti rahbariyati tomonidan yo‘lovchilar uchun Farg‘ona aeroportiga transport tashkil qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing