Noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlarining hajmi ochiqlandi

3-sahifa

image

Joriy yil iyun oyining bugungi kuniga qadar O‘zbekistonning 10 ta viloyatida 5350 gektar maydon noqununiy tarzda yoqib yuborilgan. Bu haqda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi “Uzcosmos” xabar berdi. 

Kosmik tahlillar hudular kesimida quyidagicha taqsimlangan: 

  • Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
  • Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
  • Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
  • Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
  • Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
  • Farg‘ona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
  • Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
  • Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
  • Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.  

Mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzcosmos”, Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dalalarda somon yoqayotganlar kuzatilayotgani va ular javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzcosmos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing