Noqonuniy kesilgan har bir daraxt o‘rniga yana 10 dona ekish va ikki yil parvarish qilish majburiyati yuklanadi
Jamiyat
−
17 fevral 2021
2407O‘zbekistonda noqonuniy kesilgan har bir daraxt uchun 10 dona daraxt ekish va ikki yil davomida uni parvarish qilish majburiyati yuklanyapti. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan moratoriyda har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida daraxt ekish mexanizmi joriy qilingan.
Har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli daraxt ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilangan.
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqovga ko‘ra, “Moviy gumbazlar” istirohat maskanida jami 1700 tup har xil turdagi manzarali daraxt xatlovdan o‘tkazilgan. Ularning hammasi qimmatbaho daraxt naviga kiradi. Shuningdek, daraxtlarni kesish bo‘yicha ham umuman murojaat kelib tushmagan.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023