Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima oshirilmoqda
Jamiyat
−
06 iyun 2022
3935Daraxt, buta va boshqa o‘simliklarni hamda nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish choralari belgilanishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida keltirilgan.
Unga ko‘ra, daraxt, buta va boshqa o‘simliklarni hamda nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlaganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda.
Jumladan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdorlar uchun yigirma baravarigacha miqdorda jarima solish belgilanmoqda.
Shuningdek, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish choralarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda 3 733, 2020 yilda 7 812, 2021 yilda esa 8 243 tup daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Yig‘ilishda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
LiveBarchasi