“Noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim” – Prezident Ortiqxo‘jayev haqida
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
35310Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni nima uchun ishdan olganini tushuntirdi. Bu haqda Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlarida bir kunda 100 ga yaqin mahallalarda elektr ta’minotida avariya bo‘ldi.
"Shuncha gapirganimiz bilan Vazirlar Mahkamasi mas’ullari qayerga qarayapti, degan savol meni qiynayapti. Shu bois qish mavsumiga lozim tarzda tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayevni ishdan oldim. Kechasi shtabda men uni ishdan oldim. Quruq gap, yolg‘on hisobot bilan, pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, 48 yashar Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan bundan 5 yil avval, 2018 yilning aprel oyida Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha u davlat ishida faoliyat yuritmagan, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uni ilk bor xalqqa Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 2018 yil 30 aprel – 1 may kunlari amalga oshirgan tashrifi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes forumida tanishtirib, yangi hokim mutlaqo boshqa muhitdan yetishib chiqqani, byurokratiya tizimida ishlamagani, haqiqiy tadbirkor ekanligini aytgandi.
“Birinchi marta O‘zbekiston tarixida ishbilarmon, o‘zim ishongan ishbilarmonni Toshkent shahar hokimi qilib tayinladim. Bu tarixda bo‘lmagan”, degan edi. Mirziyoyev.
LiveBarchasi