Nogironligi bo‘lganlarga yer sotib olishda xarajatlarni qoplashning yangi tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, nogironligi bor shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalarning yer uchastkasini onlayn-аукцион orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi murojaatlari:

  • - 2024 yil 1 yanvardan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan qabul qilinadi;
  • - 2024 yil 1 iyuldan, shuningdek YAIDXP orqali ham qabul qilinadi.

Murojaatlar bo‘yicha qarorlar elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan tarzda qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing