Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi qarori nizomida keltirilgan. 

Nizomga ko‘ra, bunda ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hujjatlarni uch ish kunida o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga to‘lab beriladi. Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.

Qarorga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga subsidiya berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing