Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoit yaratmagan mehmonxonalar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Jamiyat
−
04 may 2022
4226Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda joriy yilning 28 aprel kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, turli masalalarda olis manzillarga borgan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehmonxonalarda bu jihatga yetarlicha e’tibor berilmagani uchun qiyinchikka duch kelishadi. Ularga faqatgina pandus yo‘laklari emas, balki xonalarda talab etiladigan sharoit ham kerak bo‘ladi. Bu o‘z navbatida zamon andozalariga mos binoni loyihalashtirish, bino infratuzilmasiga yanada e’tibor va mas’uliyat bilan yondoshishni talab etib, xizmat ko‘rsatish sifati va ahamiyatlilikni oshirishga olib keladi.
Shu bilan birga , “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tushunchasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunidagi “nogironligi bo‘lgan bolalar” tushunchasi batafsil yoritib berilmoqda.
LiveBarchasi