Nodirbek Yoqubov Piskent tumaniga hokim etib tayinlandi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
9006Nodirbek Gulmuradovich Yoqubov Toshkent viloyati Piskent tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
Nodirbek Yoqubov 1975 yil 25 sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
U faoliyati davomida Chirchiq shahar hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
LiveBarchasi