Nodirbek Yoqubboyev xalqaro turnirda chempion bo‘ldi
Sport
−
08 mart
3851O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev “Prague International Chess Festival” xalqaro turnirida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chexiya Respublikasining Praga shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Prague International Chess Festival” xalqaro turnirining “Chellengers” guruhida ishtirok etayotgan shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev raqibi Jonas Bjerre ustidan g‘alaba qozongan va 2026 yilda o‘tkaziladigan ushbu turnirning “Masters” guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Tata Steel Chess” musobaqasida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egallagan edi.
LiveBarchasi