Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Sport
−
20 yanvar 2023 10023 1 daqiqa
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan "Tata Steel Chess" xalqaro turnirining 5-turida musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen hamda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov o‘rtasida kechdi.
Klassik shaxmat "dueli"da ilk bor kuch sinashayotgan har ikki shaxmatchi uchun bahs o‘ta murakkab tarzda bo‘lib o‘tdi.
6 soat davom etgan partiyada Nodirbek garchi qora donalarda harakatlangan bo‘lsada, tajribali Karlsenni himoyalanishga majbur qildi.
So‘nggi dona surishlarda bitta piyoda ustunligiga ega bo‘lgan Abdusattorov oxir-oqibat Karlsen ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va 4 ochko bilan xalqaro turnirning yakka peshqadamiga aylanib oldi.
Live
Barchasi