Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Nodirbek Abdusattorov 175 ming dollarlik turnirda qatnashadi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Polsha poytaxti Varshava mezbonlik qiladigan “Superbet Poland 2024” turnirida ishtirok etadi. Bu haqda turnir o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

7 maydan 12 mayga qadar o‘tkaziladigan musobaqaning sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etadi. Abdusattorov turnirdagi dastlabki o‘yinini 8 may kuni o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 yoshli Abdusattorov Shvetsiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan “Tepe Sigeman-2024” turnirida g‘olib chiqqandi. O‘zbekistonlik shaxmatchi asosiy davrada 4,5 ochko to‘plab, taybrekda rossiyalik Peter Svidler hamda hindistonlik Arjun Erigaysini mag‘lubiyatga uchratib, g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing