Nodir Jonuzoq qaysi lavozimga tayinlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
30 dekabr 2022
21456Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avvalroq, Nodirjon Xolbutayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Xalq orasida Nodir Jonuzoq sifatida tanilgan shoir 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar davomida “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir sifatida ishlagan.
Nodir Jonuzoq 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil dekabrda esa uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi