“Nobel” laureati Jores Alferov vafot etdi

Olam

image

Bugun, 2 mart kuni “Nobel” mukofoti laureati Jores Alferov Sankt-Peterburgda 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Alferovning o‘limiga o‘tkir yurak-o‘pka yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Olim bilan xayrlashish vaqti va joyi hozircha aniq bo‘lmagan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Alferov Rossiya Fanlar akademiyasi yig‘ilishida o‘zini yomon his qilgach, shifoxonaga yotqizilgan. Dastlab bosh miyaga qon quyilishi – insult ekani aytilgan, keyinroq Fanlar akademiyasi gipertonik inqiroz ekanini bildirgan.

Jores Alferov 1930 yil 15 mart kuni Vitebskda (Belarus) tug‘ilgan. Leningrad elektrotexnika instituti tamomlagan. 1953 yildan Ioffe nomidagi Fizika-texnika institutida ishlagan.

Olim geterostrukturali yarimo‘tkazgichlar va tezkor opto va mikroelektron komponentlar yaratish ustida ish olib borgan. Ushbu ixtirolari uchun 2000 yilda fizika bo‘yicha “Nobel” mukofotiga munosib ko‘rilgan.

1991 yildan 2017 yilgacha Jores Alferov Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jores Alferov

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar