Nimalarni muzlatgichda saqlamaslik kerak?

Salomatlik

image

Ziravorlarni muzlatgichda saqlab bo‘lmaydi. Bu haqda Xitoyning WeChat portalida ma’lum qilingan. 

Muallifning ta’kidlashicha, ko‘pchilik muzlatgichni hamma narsani beg‘araz saqlashi mumkin bo‘lgan “shkaf” deb biladi, ammo bu yondashuv xavfli bo‘lishi mumkin. 

Birinchidan, ziravorlarni muzlatgichda saqlab bo‘lmaydi. Masalan, qalampir kabi ziravorlar muzlatgichda saqlansa, namlana boshlaydi, natijada ular jigar kasalligini keltirib chiqaradigan aflatoksinlar hosil qiladi. Bundan tashqari, tropik mevalarni muzlatgichda saqlab bo‘lmaydi. 

Banan va boshqa tropik mevalar muzlatgichda nafaqat yangiligini saqlamaydi, balki eskirishni tezlashtiradi. Muzlatgichda, shuningdek, lapsha kabi mahsulotlarni saqlash noto‘g‘ri.  Qayd etilishicha, bunday lapshalarni iste’mol qilish salomatlikka juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tuzlangan sabzavotlar ham muzlatgichda saqlanishi tavsiya etilmagan. 

Bundan tashqari, dorivor o‘simliklarni u yerda saqlamaslik kerakligi aytilgan, qayd etilishicha, ular uzoq vaqt davomida oziq-ovqat yaqinida bo‘lganda, ularga turli xil bakteriyalar va namlik kirib borishi mumkin, bu esa foydali xususiyatlarning yo‘qolishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing