Nilsen Trampdan Grenlandiyani “tinch qo‘yishini” talab qildi
Olam
−
05 yanvar 4343 2 daqiqa
Kecha, 4 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Grenlandiyani anneksiya qilish qarorini yana bir bor o‘rtaga tashladi. Biroq bu qarorni Grelandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen keskin qoralab, uni “xomxayol” deb aytdi. Bu haqda Nilsen o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
Tramp Daniyaning ushbu yarim avtonom hududining AQSH tarkibiga o‘tishini bir necha bor aytgan. Bunga sabab sifatida orolning mudofaa maqsadlari uchun strategik joylashuvi va foydali qazilmalarga boyligini keltirgan.
Oq uy rahbari jurnalistlar bilan Air Force One samolyoti bortidagi suhbat chog‘ida, “Milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan bizga Grenlandiya kerak. Daniya esa buni uddalay olmaydi”, deb aytgan.
“Biz ikki oydan keyin Grenlandiya haqida qayg‘uramiz... 20 kundan keyin Grenlandiya haqida gaplashamiz”, deydi Tramp
Daniya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen bunga javoban, “endi yetar” degan va AQSHning Grelandiya oroli ustidan nazorat o‘rnatishi haqidagi g‘oyani “xomxayol” deb aytgan.
“Boshqa bosim bo‘lmasin. Boshqa shama va kinoyalar bo‘lmasin. Anneksiya haqidagi xomxayollarga chek qo‘yilsin. Biz muloqotga tayyormiz. Biz muhokamalarga tayyormiz. Lekin bu to‘g‘ri yo‘llar orqali va xalqaro huquqni hurmat qilgan holda amalga oshirilishi kerak”, deydi Grelandiya Bosh vaziri
Bosh vazir o‘z bayonotida Daniya (tarkibda Grelandiya ham bor) NATO a’zosi ekanini va u alyansning xavfsizlik kafolati ostida ekanligini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, AQSHning Grelandiya oroliga kirish huquqini beruvchi mudofaa bitimi allaqachon mavjudligini ham ta’kidlagan.
Qayd etish joiz, Grelandiyaning kelajagi haqidagi ushbu tortishuvlar joriy yilning 3 yanvar kuni AQSH tomonidan Venesuyelaga qarshi amalga oshirilgan yirik harbiy operatsiyadan so‘ng sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lekke Rasmussen AQSH Prezidenti Donald Trampni Grenlandiyaga “qo‘l tekkizmaslikka” chaqirgandi. Uning aytishicha, AQSH tomonidan orolga qilingan har qanday hujum butun Daniya qirolligiga qilingan hujum sifatida qabul qilinadi.
Live
Barchasi