Nikohdan o‘tishda FHDYOga elektron ariza berish mumkin

Jamiyat

image

Davlat xizmatlar agentligi nikohni qayd etish uchun FHDYOga elektron ariza namunasini taqdim etmoqda. Ariza berilganidan so‘ng, qonunchilikda keltirilgan muddat – 1 oy mobaynida xizmat ko‘rsatiladi.

Xizmatga ko‘ra, nikoh tuzilganligini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani olishda FHDYO organlari tomonidan nikoh tuzayotgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanmalar beriladi. Tibbiy tekshiruv shifokorlar, psixiatrlar, narkologlar, dermato-venerologlar, ftiziatrlar (dispanserlar va tuman kabinetlarida) tomonidan yashash joyi bo‘yicha bepul ravishda shaxslarning tibbiy muassasaga murojaat etgan kundan e’tiboran 2 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

Xizmat ko‘rsatish narxi bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilangan – 44 600 so‘m (2020 yil 21 aprel holatiga).

Maxsus portalda murojaat qilingan arizalar statistikasi ham keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, jami arizalar soni 84 ta bo‘lib, bundan 64 tasi rad etilgan. Arizalarning 4 tasi tugallanib bo‘lgan va 13 tasi ayni vaqtda jarayonda ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish kerak bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

FXDYo

Baholaganlar

1451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar