Nikaragua Pekin foydasiga Tayvan bilan aloqalarni uzdi
Olam
−
10 dekabr 2021
4692Nikaragua Xitoy foydasiga Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzgan oxirgi davlatga aylandi. Bunga Xitoy hukumatining o‘zi bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolish niyatida bo‘lgan har qanday davlat Taypey bilan aloqalarini uzishi kerakligini ta’kidlayotgani sabab bo‘ldi.
“Nikaragua bugun Tayvan bilan diplomatik aloqalarini uzdi va Taypey bilan har qanday rasmiy muloqot va aloqalarni to‘xtatadi. Biz faqat davlat sifatida bitta Xitoy borligini tan olamiz”, deya bayonot berdi Nikaragua Tashqi ishlar vazirligi.
O‘z navbatida Xitoy Nikaraguaning qarorini olqishladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunying Nikaraguaning qarorini yuqori baholab, uni “xalq qo‘llab-quvvatlovidagi, global tendensiyalarga mos keladigan to‘g‘ri tanlov” deb atadi.
Buning ortidan AQSH Davlat Departamenti demokratik davlatlarni “Tayvan bilan aloqalarni yanada kengaytirishga” chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Nikaraguadan oldin Tinch okeanidagi Kiribati va Solomon orollari davlatlari 2019 yilda Xitoy foydasiga Tayvan bilan aloqalarni uzgan oxirgi davlatlar bo‘lgandi. Tayvanning xalqaro maydondagi ittifoqchilari ro‘yxati 2016 yil may oyida Prezident Say Inven lavozimga kirishganidan beri 21 tadan 14 taga kamaydi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi