Niqobi tugagan Argentina, so‘roq ostida qolayotgan Olimpiada estafetasi – voqea-hodasilar dayjesti

Olam

АҚШ
image

Jahon yangiliklari

Janubiy Koreya. Mamlakatning Chxunchxon-Namdo provinsiyasidagi Lotte Chemical kompaniyasiga qarashli zavodda sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida kamida 26 kishi jabrlandi. Hodisa mahalliy vaqt bilan 3:00 da (Toshkent vaqti bilan 23:00) yuz berdi. Jabrlanganlar orasida ikki kishi og‘ir holatda. Portlash oqibatida 30 kilometr radiusdagi binolar shikastlangan. Politsiyaning taxminicha, portlash yuqori haroratda turli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun modda eritiladigan markazda ro‘y bergan.

Argentina. Buenos-Ayres aholisining ma’lum qilishicha, poytaxtdagi dorixonalarda tibbiy niqoblar umuman olmagan. Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 3 mart kuni mamlakatdagi birinchi koronavirus kasalligini tasdiqladi. Lotin Amerikasida virus ilgari Ekvador, Meksika va Braziliyada, keyin Chilida qayd etilgan edi. Ayni damda mamlakatdagi boshqa shaharlarda tibbiy niqoblar narxi 50 sentdan 1 dollargacha sotilmoqda.

Qatar. Amir Tamim bin Hamad Ol Toniy kecha, 3 mart kuni kechqurun Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali suhbatlashdi. U afg‘on hukumati va radikal toliblar o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishish uchun muzokaralar olib borishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga va’da berdi. Ular 29 fevral kuni Dohada “Tolibon” va AQSH o‘rtasida imzolangan tinchlik bitimi munosabati bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Germaniya. Mamlakat aprel oyida Germaniya lagerlarida bo‘lgan Sovet harbiy asirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Rossiyaga topshirishni rejalashtirmoqda. 2019 yilda Germaniya va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlari bir necha yuz minglab Sovet harbiy asirlari va Germaniyada asirlikda vafot etganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topshirish va ulardan foydalanish to‘g‘risida kelishib olgan edi. Tegishli kelishuv kuzda, Berlinda imzolangandi.

AQSH. Qo‘shma Shtatlarda saylov poygalari davom etmoqda. 3 mart kuniga to‘g‘ri kelgan “superseshanba”da bir vaqtning o‘zida 14 ta shtatda – Alabama, Arkanzas, Vermont, Virjiniya, Kaliforniya, Kolorado, Massachusets, Minnesota, Men, Oklaxoma, Shimoliy Karolina, Tennessi, Texas va Yutada partiya delegatlari ovoz berdi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, natijalarga ko‘ra, umumiy ovozlarning uchdan biri, ya’ni 1357 ta ovoz taqsimlanadi.

Fransiya. Mamlakatning Trua shahrida qurollangan erkak homilador ayol va besh bolani garovga oldi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, u ayolning eri bo‘lgan. Politsiya voqea sodir bo‘lgan uyni o‘rab olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yerkak bilan muzokara olib borgan. Erkak voqea joyiga kelgan politsiya xodimlarining birinchi guruhiga qarata o‘q uzgan. Hech kim jabrlanmagan. Ushbu holat oilaviy janjallardan kelib chiqqani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, erkakda avvaldan ruhiy xastalik bo‘lgan.

Sport yangiliklari

Futbol. Germaniya Kubogining chorakfinalida “Bavariya” safarda “Shalke” bilan bahs olib bordi va Yozua Kimmixning yagona goli evaziga 0:1 hisobida g‘alaba. 

Bundan tashqari, Angliya Kubogining nimchorak finalida “Chelsi” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Olimpiada. “Tokio-2020” tashkilotchilari koronavirusning tarqalishi munosabati bilan Yaponiyada mart oxirida boshlanishi rejalashtirilgan Olimpiya mash’alasi estafetasi bilan bog‘li qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Keng ko‘lamli tadbirlarni qisqartirish va ularga ko‘p odamlarni qo‘ymaslik tavsiya etilmoqda. Shuningdek, daladagi tashkilotchilar doimiy ravishda haroratni o‘lchab boradi. Agar haroratda salbiy belgilar aniqlansa, estafeta bekor qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing