Nigeriyadagi etnik guruhlar to‘qnashuvida 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyaning sharqidagi Gombe shtatida yuz bergan ikki etnik guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda 15 kishi halok bo‘ldi va ko‘plab odamlar jarohat oldi. Bu haqda jurnalistlarga Gombe shtati gubernatori Inuva Yaxaya ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Balanga mintaqasida Lunguda va Vazxa xalqlari vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Tartibsizliklar oqibatida bir nechta uy yoqib yuborilgan va yuzlab mahalliy aholi vahima bilan uylarini tark etgan.

Ma’lum qilinishicha, Gombe shahrida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Shtat hokimiyati fuqarolarning ko‘chaga chiqishini taqiqladi.

Ma’lumot uchun, tabiiy boyliklarni baham ko‘ra olmaslik shahardagi guruhlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan zo‘ravonlik holatlarini keltirib chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing