Nigeriyadagi “Boko Xaram” hujumida o‘nlab harbiy halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Boko Xaram” terrorchilik tashkiloti tomonidan Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Borno shtatida joylashgan harbiy konvoyga qilingan hujum oqibatida kamida 31 nafar askar halok bo‘ldi. Mahalliy OAVning armiya manbalariga asoslanib xabar berishicha, jangarilar Mayduguri-Maynok trassasida kolonnaga hujum qilgan.

“Terroristik hujum oqibatida 31 nafar askarimizni, shu jumladan bir qo‘mondonimizni yo‘qotdik”, deydi jurnalistlarga o‘z ismini oshkor etishni istamagan harbiy doiralardagi manba.

Ma’lumot uchun, “Boko Xaram” Nigeriyada 2000 yillarning boshidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. 2009 yildan beri 20 mingdan ortiq odam ushbu terroristik tashkilot qurboniga aylandi. 

2015 yildan beri guruh jangarilari Kamerun, Chad va Nigerda ham teraktlar uyushtirmoqda. Chad ko‘li hududida kamida ikki ming kishi terrorchilar qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning sharqidagi Gombe shtatida yuz bergan ikki etnik guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda 15 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing