Niderlandiyada suitsidni kamaytira oladigan uy-joy qurildi

Bu qiziq

image

Yevropaning megapolis shaharlaridan biri bo‘lgan Amsterdamda “Q Residences” deb nomlangan noodatiy turar-joy binosi qurib bitkazildi. Binoning o‘ziga xos jihati uning tashqi tomoni to‘lqinlarni eslatuvchi ayvonlar bilan qoplanganida. Arxitektorlarning ta’kidlashicha, bu usul mazkur uyda yashovchi inson ruhiy holatining sokinlanishi va o‘z joniga qasd qilish holatlarini kamayishiga yordam beradi. Bu haqda “Dezee” sayti xabar berdi.

“Q Residences” majmuasi 23 va 8 qavatli binolarni o‘z ichiga oladi. Amsterdamning milliy hamda zamonaviy arxitekturasini o‘ziga singdirgan bino dunyo qurilish sanoatida alohida o‘rinni egallamoqda. Bunga bir nechta sababni keltirib o‘tish mumkin.  Avvalo bino qurilishida noodatiy, to‘lqinsimon konstruksiyadan foydalanilgani bo‘lsa, yana bir sabab inson ruhiyatiga ta’sir quiluvchi qirralardan voz kechilganidadir. Bu esa so‘nggi paytlarda ko‘paygan insonlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Shuningdek, bino atrofi yashil makon, piyodalar hamda velosiped yo‘lakchasi kabi ekologik hududlarga ajratilgan.

Jahon cog‘liqni caqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 2022 yilda 703 000 dan ortiq odam o‘z joniga qasd qilishga uringan. Bu kabi holatlarning ko‘pligi arxitektorlarni aynan shunday vaziyatlardan saqlay oladigan bino qurishga undagan.

“Biz qurgan majmua odamlarni san’at va landshaft atrofida birlashtirishga yordam beradi. Bino Niderlandiyada mashhur bo‘lgan kvas ichimligining idishidan ilhomlangan holda loyihalashtirilgan. Yog‘och, beton, shaffof akril kabi tabiiy qurilish ashyolaridan foydalanganmiz. Bizning maqsadimiz odamlarga tabiiylik hamda sokinlik berish”, deydi binoni loyihalashtirgan kompaniya asoschisi Yan Gang.

Ma’lumot o‘rnida, Niderlandiya arxitekturasining rivojlanishi uchta davrga bo‘linadi.
Ulardan birinchisi XVII asrga tegishli binolar bo‘lib, asosan yog‘och, tosh kabi materiallardan qurilgan.
Ikkinchi davr esa XX asrning 50 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda asosan ikki va undan yuqori qavatli uylar, sanoat binolari qurilgan.
Uchinchi davr esa XX asrning so‘nggi yillarida urfga kirgan shisha va po‘lat binolar qurilishi orqali boshlanib, hozirga qadar davom etib kelmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing