Niderlandiya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi
Olam
−
15 mart 2021
3035Niderlandiya hukumati mamlakatda ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishni ikki hafta – 28 martga qadar to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar bermoqda.
Daniya va Norvegiya tomonidan berilgan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar haqidagi xabarlardan so‘ng Gollandiyaning Dori vositalari idorasi ehtiyot chorasi sifatida ushbu qarorni qabul qilgan.
Hukumat bayonotida ta’kidlanishicha, Niderlandiyada bunday holatlar hali qayd etilmagan va aynan shu dori yuborilishi tufayli qon quyqalari paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida dalillar yo‘q.
Niderlandiya hukumati Yevropa Dori vositalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini kutayotganini aytdi. Preparatni qo‘llashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror tufayli rasmiylar 43 mingta emlash navbatini bekor qilishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.
LiveBarchasi