Niagara sharsharasi Mustaqillik kunida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi

Jamiyat

image

AQSH va Kanadaning asosiy diqqatga sazovor joyi, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritiladi. Bu haqda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 27 avgust kuni O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi favqulodda va muhtor elchisi Javlon Vahobov Niagara sharsharasi ma’muriyatining rahbariyati bilan ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bayrog‘ini o‘zida aks ettirgan G‘arbiy yarim shardagi eng kuchli sharsharani joriy yilning 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 2 sentyabr soat 7:30 da) jonli efirda ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.

AQSH va Kanadada yashovchi o‘zbekistonliklar tadbirni ushbu havola orqali saytdagi anketani to‘ldirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, Niagara sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing