Niagara sharsharasi Mustaqillik kunida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi

Olam

image

Joriy yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Shimoliy Amerika va dunyoning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri Kanadadagi Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Kanada va AQSHning turli burchaklaridagi o‘zbekistonliklar davlat bayrog‘i bilan yoritilgan Niagarani ko‘rish uchun sharsharaga kelishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona vatandoshlar bilan birgalikda Niagara shahrida Mustaqillik kunini keng nishonlashni rejalashtirmoqda, u yerda ozodlikning 31 yilligi munosabati bilan o‘zbek raqslari va qo‘shiqlari, mehmonlar tashrifi bilan tantanali qabul marosimi tashkil etiladi. An’anaviy o‘zbek palovini tatib ko‘rish imkoniyati berildi.

Eslatib o‘tamiz, Niagara sharsharasi o‘tgan yili O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan edi.

Har yili millionlab sayyohlar Niagara sharsharasiga tashrif buyurishadi. Sharsharaning kengligi 792 metr, balandligi 53,6 metr, oqayotgan suv hajmi esa soniyasiga 2,2 million litrni tashkil qiladi. Niagara sharsharasining tungi yoritish tizimi 1400 ta individual lampalardan foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing