Nihoyat, “Manchester Siti” Husanov transferini e’lon qildi (video)
Sport
−
20 Yanvar 2025 21046 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
20 yanvar kuni markaziy himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub Husanovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi.
Ma’lumot o‘rnida, “shaharliklar” Abduqodir Husanovni “Lans”dan bonuslarni hisobga olganda 50 million yevroga sotib oldi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 4,5+1 sxemasida tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvarga o‘tar kechasi insayder Fabritsio Romano 20 yoshli markaziy himoyachini “Manchester Siti”ga o‘tganini tasdiqlagandi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr