Neymarga qizil kartochka ko‘rsatilishi shart edi – Saudiya hakamlari eksperti (video)
Sport
−
19 Sentabr 2023
13565Saudiya Arabistonining “Ar-Riyadiyah” kanali hakamlar bo‘yicha eksperti Muhammad Kamal Risha Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonning “Navbahor” klubi bilan o‘yindagi vaziyat uchun braziliyalik futbolchi Neymarga qizil kartochka berilishi kerakligini aytdi.
Epizodlardan birida Neymar “Navbahor” a’zosini avval qo‘li bilan itarib yubordi, keyin yiqilgan futbolchiga qarata to‘pni tepdi. Vaziyatni ko‘rib turgan uchrashuv hakami Muhammad Abdulla Muhammad esa braziliyalik futbolchini jazolamadi.
“Neymarga qizil kartochka ko‘rsatilishi shart edi. Raqibini itarib yiqitgani uchun sariq kartochka va uni to‘p bilan atayin tepgani uchun ikkinchi sariq kartochka berilishi lozim edi”, deydi Muhammad Kamal Risha.
1-turdan so‘ng “D” guruhida Eronning “Nassaji Mozandaron” klubi 3 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Nassaji Mozandaron” 1-turda Hindistonning “Mumbay Siti” jamoasini safarda ishonchli hisobda mag‘lub etdi. “Navbahor” va “Al-Hilol” klublari esa 1 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni band etgan.